Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDUda VATANPARVARLIK RUHIDAGI HARBIY-KO‘RGAZMALI TADBIR

16:03, 14.01.2026      

Vatanparvarlik oyligi doirasida Farg‘ona davlat universitetining ochiq osmon ostidagi maydonida yuksak ruh, tantanavorlik va vatanparvarlik g‘oyalari uyg‘unlashgan harbiy-ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jonli ijrosi bilan boshlandi. Bu esa ishtirokchilarda yuksak mas’uliyat va faxr tuyg‘usini uyg‘otib, tadbirga alohida tantanavor kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur tadbirda universitet rahbariyati va jamoasi, Harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari vakillari, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida harbiy orkestrning jo‘shqin va vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari, talaba-yoshlarning jangovar tayyorgarlik bo‘yicha namoyishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, zamonaviy va an’anaviy harbiy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda ishtirokchilar harbiy texnika va aslahalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur harbiy-ko‘rgazmali tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli ekanini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.