Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

VATANPARVARLAR BOG‘IGA TASHRIF — JASORAT VA SADOQATGA HURMAT IFODASI

16:13, 14.01.2026      

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ana shunday tadbirlardan biri sifatida universitetning bir nechta fakultet talabalari Farg‘ona shahrida joylashgan “Vatanparvarlar bog‘i”ga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrifda Jismoniy madaniyat fakulteti, Iqtisodiyot fakultetining Turizm va mehmondo‘stlik hamda Inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari, shuningdek, Sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. Talabalar bog‘ hududida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yib, Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etdilar.

Tashrif davomida talabalarga Vatan himoyachilarining jasorati, fidoyiligi va mardligi haqida so‘z yuritilib, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani ta’kidlandi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.