Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI YO‘LIDA MUHIM ILMIY QADAM

16:19, 14.01.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy salohiyatini yana bir muhim yutuq boyitdi. Fakultetning “Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi A’loxonov Axadxon Axrorxon o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

Tadqiqotchi 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.10-raqamli Ilmiy kengash majlisida himoya qildi. Ilmiy ish kengash a’zolari tomonidan yuqori baholanib, 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Mazkur dissertatsiyada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga ongli munosabatni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish, sog‘lom hayot ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha samarali ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda ilgari surilgan g‘oya va xulosalar umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.