

Vatanparvarlik_oyligi doirasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida tantanali va mazmunli bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu muhim sana Vatanga sadoqat, mardlik va fidoyilik timsoli bo‘lgan harbiy xizmatchilarimizga chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, shuningdek, harbiy orkestr ijrosidagi Vatan madhiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Har bir chiqish jasorat, mardlik va yurtga sadoqat g‘oyalarini o‘zida mujassam etib, tadbir ishtirokchilarining qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Ayniqsa, talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan ushbu bayram tadbiri katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbati, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash yo‘lidagi mas’uliyatini yanada mustahkamladi. Harbiylarning fidokorona xizmatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yoshlar mardlik va vatanparvarlik fazilatlarining naqadar yuksak ekanini chuqur his etdilar.
Mazkur tantana O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilib, tadbir yakunida Vatan himoyasi yo‘lida sharafli xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar va yurt tinchligi posbonlariga samimiy tabriklar yo‘llandi.
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi barcha Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinch va musaffo osmon, sharafli hamda mas’uliyatli xizmat tilaydi. Yurtimiz tinchligi doimo bardavom, Vatanimiz ravnaqi esa abadiy bo‘lsin!