Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!”

13:31, 15.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetida Vatanparvarlik oyligi doirasida “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimizga hurmat va ehtirom, yoshlar qalbida esa vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jonli ijrosi bilan boshlandi. Madhiyaning tantanavor ohanglari tadbir ishtirokchilarida yurtimizga bo‘lgan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Tadbir davomida harbiy ta’lim fakultetida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining I, II va III darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tizimda mas’uliyatli mehnati va faol ishtiroki bilan ajralib turgan Farg‘ona davlat universiteti xodimlariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tiroflar fidokorona xizmat va samarali mehnatga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

Tadbirning badiiy qismida Vatanga muhabbat, tinchlik va jasorat g‘oyalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ijrolar tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirib, ularni Vatan taqdiriga befarq bo‘lmaslik, yurt tinchligini asrash yo‘lida doimo mas’ul bo‘lishga da’vat etdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar ongida milliy armiya — Vatanimizning ishonchli qalqoni va tinchligimiz posboni ekanini yanada mustahkamlab, ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.