Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDUdada AHOLI VA QISHLOQ XOʻJALIGI RO'YXATGA OLISHI BO'YICHA MUHIM YIG'ILISH BO'LIB O'TDI

14:40, 16.01.2026      


Farg‘ona davlat universitetida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olishi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilib, unda ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati keng muhokama qilindi.

Mazkur tadbir doirasida universitetda maxsus shtab tuzilib, xodimlar bilan olib borilgan suhbatlar jarayonida ro‘yxatga olish tadbirining davlat boshqaruvi, ijtimoiy rejalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhratjon Zokirov ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish tadbirining bosqichlari, o‘tkazilish tartibi hamda unda ishtirok etishning muhim jihatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, ro‘yxatga olish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar kelgusida hududlar rivojini rejalashtirish, ijtimoiy sohalarni takomillashtirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich (15–31-yanvar) — fuqarolar census.stat.uz platformasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin;

2-bosqich (4–28-fevral) — mahalla yettiligi tomonidan uyma-uy yurib ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi.

Savolnoma jami 71 ta savoldan iborat bo‘lib, unda taqdim etilgan barcha ma’lumotlarning maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi. Bu esa fuqarolarning erkin va xolis javob berishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Tadbir yakunida universitet xodimlari va talabalarini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga, ushbu muhim davlat tadbirini keng targ‘ib qilishga chaqirildi. Zero, “Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur jarayon yurtimizning barqaror va izchil rivojlanishiga xizmat qiladi.