Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FarDUda YAKUNIY IMTIHONLAR JARAYONI JAMOATCHILIK NAZORATI OSTIDA

14:46, 16.01.2026      

Ayni kunlarda Farg‘ona davlat universitetida 2025-yil yozgi semestr yakunlari doirasida talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan yakuniy imtihon jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu imtihonlar talabalarning semestr davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy malakalarini sinovdan o‘tkazish, ularning ilmiy salohiyatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida universitet jamoatchilik nazorati kengashi a’zolari tomonidan muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda. Xususan, kengash a’zolari fizika-matematika hamda filologiya fakultetlarida tashkil etilgan yakuniy imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, imtihon topshiriqlarining mazmuni va baholash mezonlariga alohida e’tibor qaratdilar.

Nazorat jarayonida imtihonlarning belgilangan nizom asosida o‘tkazilayotgani, akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilinayotgani hamda talabalarga nisbatan xolis va adolatli munosabat ta’minlanayotgani qayd etildi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati kengashi a’zolari tomonidan talaba-yoshlarga ruhiy ko‘mak berish, imtihon jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur monitoring ishlari universitetda ta’lim sifati va baholash tizimini yanada takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, eng muhimi, talabalarning bilimini haqqoniy baholashga xizmat qilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati tomonidan bunday jamoatchilik nazorati mexanizmlarining yo‘lga qo‘yilishi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.