Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SIYOSIY-MA’RIFAT SOATLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

12:29, 17.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularni mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan muntazam tanishtirib borish hamda fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida siyosiy-ma’rifat soatlari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur ma’rifiy mashg‘ulotlar universitet jamoasining siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgan bo‘lib, navbatdagi darslar Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik, Harbiy ta’lim hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy hayotdagi muhim yangiliklar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa ishtirokchilarda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirib, ularda ijtimoiy mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ma’rifat darslari davomida zamonaviy tahdidlar, globallashuv sharoitida milliy manfaatlarni himoya qilish, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilarning siyosiy-huquqiy bilimlari yanada boyitildi.