Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY MUVAFFAQIYAT

10:26, 19.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Rus filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Tursunova Maya Erkinovna ilmiy-pedagogik faoliyatidagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. U 10.00.04 – Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqotchining “Til aloqalari muammolari hamda til orqali madaniyatlarning o‘zaro ta’siri (ingliz o‘zlashmalari misolida)” mavzusidagi ilmiy ishi zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda globallashuv jarayonida tillararo aloqalar, ingliz tilidan kirib kelayotgan o‘zlashmalar va ularning madaniy-ma’naviy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Dissertatsiyada til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda yoritilib, lingvomadaniyatshunoslik va sotsiolingvistika yo‘nalishlari doirasida muhim xulosalar keltirilgan.

Dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot ishi yuqori baholanib, 100 foiz ovoz bilan ijobiy qaror qabul qilindi.

Mazkur ilmiy muvaffaqiyat nafaqat muallifning shaxsiy yutug‘i, balki Filologiya fakulteti va rus filologiyasi kafedrasining ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etadi. Tursunova Maya Erkinovnaning tadqiqot natijalari kelgusida til aloqalari, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda zamonaviy til taraqqiyotini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.