Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“KARYERA VA BIZNES MARAFONI” MEHNAT YARMARKASI – YOSHLAR KELAJAGIGA YO'L

16:37, 19.01.2026      

Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti huzuridagi sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida talaba va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karyera va biznes marafoni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi, kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda ularni munosib ish o‘rinlari bilan bog‘lashga xizmat qildi.

Mehnat yarmarkasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zmilliybankning Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi, “Kelajakka qadam” markazi kabi yetakchi tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, davlat va xususiy sektordagi imkoniyatlar, shuningdek, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish masalalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbirda jami 82 nafar bitiruvchi talaba faol qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bo‘yicha muhim tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ayrim talabalar dastlabki suhbatlardan o‘tib, amaliyot va ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga ham erishdilar.

Shuningdek, universitet rahbariyati hamda mas’ul bo‘lim vakillari tadbirda ishtirok etib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhim fikrlar bildirdilar.