Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“SOG‘LOM HAYOT – SOG‘LOM KELAJAK” – TALABALAR UCHUN MA’RIFAT SOATI

14:59, 05.02.2026      

Tabiiy fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida “Sog‘lom hayot – sog‘lom kelajak” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, jismoniy va ruhiy salomatlikning hayotdagi ahamiyatini tushuntirish edi.

Ma’rifat soati fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Tursunov tomonidan olib borildi. U talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzining kundalik hayotdagi ahamiyatini, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish kabi asosiy jihatlarni tushuntirdi.

Xususan, to‘g‘ri ovqatlanish – har bir insonning energiyasi va salomatligi uchun zarur asos;

  • - Jismoniy faollik – sog‘lom tanani saqlash va ruhiy holatni yaxshilashning eng muhim omili;
  • -Zararli odatlardan yiroq bo‘lish – chekish, spirtli ichimliklar va boshqa zararli odatlar sog‘lom kelajak sari katta to‘sqinlik qilishi mumkin;
  • -Kun tartibiga rioya qilish – vaqtni to‘g‘ri boshqarish va muntazam turmush tarziga amal qilish ruhiy va jismoniy sog‘lomlikni ta’minlaydi;
  • - Ruhiy salomatlik – stressni boshqarish, ijobiy fikrlash va o‘z-o‘zini rivojlantirishning ahamiyati;
  • -Talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi.

Ma’rifat soati yakunida sog‘lom hayot tarziga amal qilish har bir insonning kundalik odatiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi. Tadbir orqali talabalar nafaqat sog‘lom turmushning ahamiyatini anglab yetdilar, balki o‘z hayotlarida uni qo‘llashga ilhom oldilar.