Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“NAVOIY MEROSI — MILLAT RUHIYATI KO‘ZGUSI”

14:21, 09.02.2026      

Sharqiy Harbiy okrugi madaniyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi — millat ruhiyati ko‘zgusi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, boy adabiy merosimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, Alisher Navoiy ijodining bugungi kundagi ma’naviy-axloqiy ahamiyatini keng targ‘ib etishga qaratildi.

Tadbir doirasida badiiy-adabiy kecha tashkil etilib, unda Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti - Gulnoza Oripova tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan mazmunli va ilmiy asoslangan ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruzada mutafakkir shoir asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, vatanparvarlik, ma’rifat va komil inson g‘oyalari atroflicha yoritib berildi.

Shuningdek, tadbir badiiy chiqishlar bilan yanada boyitildi. Farg‘ona davlat universiteti pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchisi, taniqli san’atkor Abdulhay Karimov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga katta ma’naviy zavq bag‘ishladi. Sahna ko‘rinishlari, shoir g‘azallaridan namunalar hamda ijodkor yoshlarning chiqishlari Alisher Navoiy merosining bugungi avlod hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada yorqin namoyon etdi.