Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA NAVBATDAGI ILMIY MUVAFFAQIYAT

14:27, 09.02.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi o‘qituvchisi - Oripov Dastonbek Dilshodbek o‘g‘li matematika fanlari sohasida muhim ilmiy natijalarga erishdi.

U “4n-tartibli xususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar uchun boshlang‘ich-chegaraviy masalalar” mavzusidagi ilmiy tadqiqoti bilan 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ilmiy ish himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi va dissertatsiya Ilmiy kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan bir ovozdan ma’qullandi. Bu natija tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

Mazkur dissertatsiya zamonaviy matematik fizika va differensial tenglamalar nazariyasida muhim o‘rin tutuvchi yuqori tartibli xususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar uchun boshlang‘ich-chegaraviy masalalarning yechimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu sohada yangi ilmiy yondashuvlar va natijalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari kelgusida matematik modellashtirish, fizik jarayonlarni tahlil qilish hamda amaliy masalalarni yechishda keng qo‘llanishi mumkin.