Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FILOLOGIYA FAKULTETIDA “NAZM VA NAVO” KECHASI

11:09, 17.02.2026      

Filologiya fakultetida vokal va cholgʻu ijrochiligi kafedrasi tashabbusi bilan buyuk shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur gʻazallari asosida tayyorlangan “Nazm va navo” nomli ma’naviy-ma’rifiy onset dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kecha mumtoz adabiyot va musiqa uyg‘unligini namoyon etgan holda, talaba-yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga nisbatan yanada chuqur hurmat va qiziqish uyg‘otdi.

Konsert dasturidan Bobur g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar, jonli ijrolar hamda sahnaviy kompozitsiyalar o‘rin oldi. Ijrochilar shoirning ishq, vatan, insoniy fazilatlar va hayot falsafasini tarannum etuvchi satrlarini mahorat bilan kuylab, tomoshabinlarga yuksak estetik zavq ulashdi.

Cholg‘u asboblari sadolari bilan boyitilgan g‘azallar talqini she’riyatning musiqiy ohang bilan naqadar uyg‘unlashishini yana bir bor isbotladi. Har bir chiqish qarsaklar ostida kutib olindi.

Tadbir davomida talabalar nafaqat vokal, balki cholg‘u ijrochiligi borasidagi mahoratini ham namoyish etdi. Ularning sahnadagi ishonchli chiqishlari, his-tuyg‘ularni teran yetkazib bera olishi konsertning badiiy saviyasini yanada yuksaltirdi.

“Nazm va navo” konserti barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu ijodiy kecha yoshlar qalbida mumtoz adabiyotga mehr, milliy musiqaga e’tibor va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamladi.