

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan murojaat yo‘lladi. (https://telegra.ph/Fargona-davlat-universiteti-rektori-professor-Bahodirjon-Shermuhammadovning-Ozbekiston-Respublikasi-Prezidenti-Shavkat-Mirziyoev-02-25)
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI, PROFESSOR BAHODIRJON SHERMUHAMMADOVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING YOSHLAR BILAN O‘TKAZGAN MULOQOTIDA BILDIRILGAN TASHABBUSLARDAN KELIB CHIQIB TALABA YOSHLARGA MUROJAATI
Hurmatli va aziz talabalar!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti O‘zbekistonda yoshlar siyosatining yangi bosqichini boshlab berdi. Davlat rahbari mamlakatimizda 22 milliondan ziyod yoshlar mavjudligini ta’kidlab, ularni ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch sifatida e’tirof etdi.
Farg‘ona davlat universitetida ham 30 yoshgacha bo‘lgan talabalar soni 22 ming nafardan ziyodni tashkil etadi. Universitetimiz yoshlarining jahon, Osiyo va respublika miqiyosidagi yutuqlari ortib bormoqda. Jumladan,sport chempionlari soni 153 nafardan 207 nafarga yetdi, Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida 10 ta medal qo‘lga kiritildi. Innovatsion faoliyatda 13 ta startap orqali 9 milliard 814 million so‘m investitsiya jalb etildi, “Bo‘lajak olim” tanlovida 1 milliard so‘mdan ortiq grant qo‘lga kiritildi. Talabalarimiz matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Zamonaviy issiqxonalar, “Asalarichilik” va “Chorvachilik” kovorking markazlarida dual ta’lim kuchaytirildi. O‘tgan o‘quv yili 7845 nafar bitiruvchining 97 foizi mehnat bozoriga kirib bordi.
2025 yilda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Farg‘ona davlat universitetining 334 nafar bitiruvchisiga jami 8 milliard 64 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha Farg‘ona viloyati OTM lari bo‘yicha 1-o‘rinni, Respublika OTM lari bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.
Bu yutuqlar xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashimizga yordam bermoqda va bu – Siz, aziz talabalar bilan bir jamoa bo‘lib erishgan natijamizdir.
Muhtaram Prezidentimizning muloqaot davomida bildirgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda universitet jamoasi faol ishtirok etadi. Sizlarning salohiyatingizni ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni birgalikda amalga oshiramiz:
Birinchidan, dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallsh bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda Siz aziz talaba yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tamiz. Talaba-yoshlarning o‘qishi, zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun universitetdagi mavjud shaoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, sohaga xorijning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish tadbirlarini yanada kuchaytiramiz;
Ikkinchidan, dual ta’limni yanada rivojlantirish orqali nazariya va amaliyotni bog‘laymiz, talabalar uchun zamonaviy laboratoriyalar va kovorking markazlari faoliyatini kengaytiramiz;
Uchinchidan, Universitet talaba yoshlar bandligini ta’minlash uchun barcha say’i-harakatlarni ishga solamiz, “Kelajakka qadam” dasturlari asosida talaba-yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb etish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan kompleks tadbirni amalga oshiriladi.
Universitetda yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha kompleks xizmat ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori”ni yo‘lga qo‘yamiz, talabalarimizning “Yosh tadbirkorlar” tanlovida faol ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishishlariga sharoit yaratamiz;
Yoshlarni biznesga o‘rgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi universitetga keng tatbiq etiladi;
To‘rtinchidan, universitetda haftaning payshanba kunini «Yoshlar kuni» sifatida belgilaymiz va ushbu kunni yuqori saviyada tashkillash, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklash tadbirlarini amalga oshiriladi;
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi;
Ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohi faoliyatida, “O‘sish va rivojlanish (Upshift)” loyihasi doirasida media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlaridagi tanlovlarda universitetimiz talabalari ishtiroki ta’minlanadi;
Beshinchidan, xorijiy til sertifikatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash faoliyati davom ettiriladi, talabalarga chet tillarini o‘rgatish imkoniyatlarini kengaytiramiz;
O‘quv yurtimizda dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga olib chiqiladi, talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi;
startap va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiramiz, innovatsion muhitni kengaytiramiz va har bir talabaning g‘oya-tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratamiz.
Oltinchidan, Siz yoshlar bilan birgalikda, universitetda Volontyorlik faoliyatini rivojlantiramiz, Sizning volontyorlik loyihalaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz;
Yettinchidan, universitetmizda Kitobxonlik targ‘iboti tadbirlarini yuqori pog‘onalarga olib chiqamiz, bu maqsadda “Rektor sovrini”, “Fakultet dekani sovrini” bellashuvlari tashkil etiladi hamda g‘oliblar munosib rag‘batlantirilib boriladi. O‘quv yili davomdi eng yangi asarlar talabalar ixtiyoriga yetkaziladi;
Sakkizinchidan, Prezidentimiz va xalqimiz tomonidan berilgan torshiriqlarni so‘zsiz, sidqidildan bajaramiz;
Yuqoridagilar bilan birga, Siz talabalar bilan “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etamiz, ushbu loyiha doirasida qishloq-xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqamiz hamda viloyat hokimligiga taqdim etamiz.
Universitetda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari sifati va salmog‘ini oshiramiz. Olimpiada chempionlari tayyorlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqamiz, talaba va murabbiylarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Hurmatli talaba-yoshlar, o‘g‘il-qizlarimiz!
Ushbu belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishda Siz alohida faollik ko‘rsatishingizga ishonamiz.
Ishonamanki, Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonchni oqlab, siz – bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh yoshlar Farg‘ona davlat universiteti hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shasiz. Barchangizga o‘qish va izlanishlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!


Tadbirda viloyat Yoshlar ittifoqi Kengashi raisi Alsher Anvarov, jamoatchilik va OAV vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalarning takliflari umumlashtirilib, manzilli chora-tadbirlar belgilandi hamda rektorning yoshlarga murojaati o‘qib eshittirildi.