
Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan yo‘lida muhim voqea ro‘y berdi. Universitet tarix fakulteti, falsafa kafedrasi professori Arzimatova Inoyatxon Madimarovna tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Olimaning “Rahbar kadrlarning axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy muammolari” mavzusidagi ilmiy tadqiqoti bugungi jamiyat uchun nihoyatda dolzarb masalalardan birini qamrab oladi.
Mazkur ishda:
Dissertatsiya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda ko‘rib chiqilib, yuqori darajada baholandi. Himoya jarayonida tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda dolzarbligi alohida e’tirof etildi.
E’tiborlisi, ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi bir ovozdan — 100 foiz qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur muvaffaqiyat Arzimatova Inoyatxon Madimarovnaning falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini qo‘lga kiritish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi. Bu esa nafaqat olimaning shaxsiy yutug‘i, balki universitet ilmiy salohiyatining yana bir yorqin ifodasidir.
Ushbu dissertatsiya rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularning ma’naviy va estetik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va muvaffaqiyatli himoyalar — bu ilm-fan rivojiga qo‘shilayotgan salmoqli hissaning yaqqol dalilidir.