Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BARQAROR RIVOJLANISHDA FILOLOGIK TADQIQOTLARNING YANGI BOSQICHI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR”

13:18, 04.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim ilmiy anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda. Universitetning ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Barqaror rivojlanishda filologik tadqiqotlarning yangi bosqichi: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda akademik doiralardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etmoqdalar. Tadbir ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni muhokama qilish hamda ilg‘or tajribalarni almashish uchun muhim maydon vazifasini bajarmoqda.

Anjuman doirasida filologiya sohasining dolzarb masalalari keng qamrovda muhokama qilinmoqda. Xususan, chet tillarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalarning o‘rni, tilshunoslik, adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik yo‘nalishlaridagi yangi ilmiy qarashlar, shuningdek, globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borilmoqda.

Ma’ruzachilar tomonidan ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va amaliy takliflar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, ularning ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinmoqda.

Anjuman yakunlari bo‘yicha soha yo‘nalishlari kesimida innovatsion loyihalar natijalari sarhisob qilinib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman nafaqat filologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish, balki ilmiy hamkorlikni kengaytirish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.