Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONADA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI”GA TANTANALI START BERILDI

15:01, 06.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida viloyat miqyosida muhim sport voqeasi — “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda hududdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sport sohasi mutasaddilari hamda shijoatli talaba-sportchilar jam bo‘ldi.

Tantanali marosim o‘zining keng qamrovi va zamonaviy yondashuvi bilan alohida ajralib turdi. Olimpiadaning ochilish jarayoni Zoom platformasi orqali respublikaning barcha hududlari bilan onlayn bog‘langan holda tashkil etilib, umumxalq sport bayramiga aylandi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan olimpiada nizomi, uning o‘tkazilish tartibi va yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, ushbu loyiha talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Marosimda so‘zga chiqqan Bahodirjon Shermuhammadov ushbu tashabbusning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi:

“Yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu olimpiada talabalarimiz tomonidan katta qiziqish va ishtiyoq bilan kutib olindi. Bizning asosiy maqsadimiz — birinchi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazib, yoshlarimizning sportdagi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishdir”, — deya ta’kidladi u.

Ushbu olimpiada talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sport orqali ularni birlashtirish hamda yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi keng qamrovli loyiha sifatida tarixda o‘z o‘rnini egallashi shubhasiz.