Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ICHKI TURIZM: RISHTON HUNARMANDCHILIGI BILAN YAQINDAN TANISHUV

11:37, 17.04.2026      

Farg'ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Jabborova tashabbusi bilan sirtqi bo‘lim, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mazmunli va ilhom baxsh etuvchi sayohat tashkil etildi. Ushbu tashrif Farg‘ona viloyatining qadimiy va betakror maskanlaridan biri — Rishton tumanida joylashgan “Hunarmandlar markazi”ga uyushtirildi.

Sayohat davomida talabalar nafaqat milliy hunarmandchilik sir-asrorlari bilan tanishdilar, balki ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan noyob san’at turlarining bugungi kundagi rivoji, uning iqtisodiy va madaniy ahamiyati haqida ham batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Rishton kulolchilik maktabining o‘ziga xosligi, tabiiy ranglar va an’anaviy naqshlar orqali yaratiladigan buyumlarning jozibasi talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Markaz ustalari tomonidan o‘tkazilgan amaliy ko‘rgazmalar jarayonida talabalar sopol buyumlarning yaratilish bosqichlarini bevosita kuzatib, ayrim jarayonlarda o‘zlari ham ishtirok etdilar. Bu esa nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlashga xizmat qildi.

Bundan tashqari, sayohat yoshlar ongida milliy qadriyatlarga hurmat, madaniy merosga e’tibor va ichki turizmni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, bunday sayohatlar ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.