O‘zbekiston futbolida qizg‘in bahslar davom etmoqda. O‘zbekiston Pro-ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari muxlislarga yana bir murosasiz o‘yinni taqdim etdi. Unda FarDU futbol jamoasi safarda tajribali raqib – Sho‘rtan futbol klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv kutilganidek keskin va murosasiz ruhda o‘tdi. O‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida ishtirok etgan “Sho‘rtan” tarkibida tajribali futbolchilar va xorijlik legionerlar jam bo‘lganiga qaramay, FarDUning yosh va shijoatli futbolchilari raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdi.
O‘yin hisobni mezbonlar tezkor gol bilan ochishi bilan boshlandi:
Qayd etish joiz, o‘yin davomida FarDU futbolchilari ko‘plab vaziyatlarda raqibdan ustun harakat qildi. Tezkor hujumlar, intizomli himoya va jamoaviy o‘yin orqali ular tajribali raqibga jiddiy bosim o‘tkazdi.
Mazkur durangdan so‘ng “FarDU” jamoasi dastlabki 3 tur yakuniga ko‘ra:
to‘plab, Pro-liga turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Talaba-yoshlardan tashkil topgan jamoaning bunday natijalari nafaqat muxlislarni quvontirmoqda, balki universitet futbolining rivojlanayotganini ham yaqqol ko‘rsatmoqda. Agar jamoa shu ruh va tempni saqlab qolsa, mavsum yakunida yanada yirik natijalarga erishishi mumkin.