Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“MUMTOZ MEROSIMIZ FIDOYISI”

15:03, 17.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti Filologiya fakulteti adabiyotshunoslik kafedrasida atoqli olim, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azizxon Poʻlatovich Qayumov tavalludiga bag‘ishlangan “Mumtoz merosimiz fidoyisi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqiga ulkan hissa qo‘shgan Azizxon Qayumovning boy ilmiy merosini o‘rganish, targ‘ib etish va yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi. Tadbir nafaqat ilmiy muhokamalar, balki adabiyot va ma’naviyatni ulug‘lash ruhida o‘tdi.

Anjumanni adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri M. Jo‘rayeva ochib berib, olimning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa, mumtoz adabiyot namoyandalarini chuqur tadqiq etishdagi xizmatlarini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida yetuk olimlar tomonidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi:

  • Habibullo Jo‘rayev “El aro aziz bo‘lgan” mavzusida so‘z yuritib, Aziz Qayumovning ilmiy va insoniy fazilatlarini yoritib berdi;
  • Islombek Mannopov esa “Alisher Navoiy biografiyasini yoritishda Aziz Qayumovning o‘rni” mavzusida ma’ruza qilib, olimning navoiyshunoslikdagi beqiyos xizmatlarini ilmiy asosda tahlil etdi.

Ma’ruzalar davomida Aziz Qayumovning ilmiy izlanishlari, manbashunoslikdagi yondashuvi va mumtoz merosni zamonaviy talqinda o‘rganishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.

Anjuman doirasida Filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari orqali milliy qadriyatlar, mumtoz adabiyotga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor namoyon etildi.

Mazkur anjuman ilmiy merosni o‘rganish va targ‘ib etish bilan birga, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.