Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH

16:04, 17.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida talaba-yoshlar uchun “Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur uchrashuv Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilib, yoshlarning raqamli xavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassisi, podpolkovnik Eminov Abdurahim Halimovich ishtirok etib, mavzu yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

Mutaxassis o‘z chiqishida bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalayotgan kiberjinoyat turlariga alohida to‘xtaldi. Jumladan:

  • internet orqali firibgarlik holatlari,
  • shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi,
  • zararli havolalar va virusli dasturlar,
  • soxta (feyk) sahifalar,
  • kiberbulling va onlayn tahdidlar

kabi xavflar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ma’ruzada kiberjinoyatlar nafaqat moddiy zarar, balki shaxsiy hayot daxlsizligiga ham jiddiy tahdid solishi ta’kidlandi. Shuningdek, bunday huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Talabalarga internetdan foydalanishda hushyor bo‘lish, noma’lum havolalarga kirmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik hamda ijtimoiy tarmoqlarda faqat ishonchli va rasmiy manbalarga tayanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, real hayotiy misollar orqali kiberxavfsizlikning ahamiyatini chuqurroq angladilar.