Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDU TALABALARIDAN KATTA G‘ALABA

15:59, 18.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari yana bir bor yuksak natijalar bilan barchani quvontirdi. O‘zbekiston chempionati (trampoline) doirasida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada FarDU vakillari a’lo darajada ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra universitet talabalari quyidagi natijalarga erishdi:

  • Husanova Maftuna — 1-o‘rin
  • Jamoliddinov Aziz — 1-o‘rin
  • Xalilov Hikmatillo — 1-o‘rin
  • Kamolov Ziyoyiddin — 3-o‘rin

Talabalarning ushbu yutuqlari ularning tinimsiz mehnati, murabbiylar bilan olib borilgan samarali mashg‘ulotlari hamda sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi natijasidir. Trampolin sporti yuqori aniqlik, muvozanat va jasorat talab qiladigan yo‘nalish bo‘lib, FarDU sportchilari ushbu murakkab sinovdan munosib o‘ta oldilar.

Mazkur natijalar nafaqat sportchilar, balki butun universitet jamoasi uchun katta faxr hisoblanadi. FarDU talabalari respublika miqyosida o‘z salohiyatini namoyon etib, oliy ta’lim muassasasining sport sohasidagi nufuzini yanada mustahkamladi.