Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ERTALABKI BADANTARBIYA – SOG‘LOM HAYOT GAROV

16:03, 21.04.2026      

Farg‘ona viloyatida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasida muhim tashabbuslar izchil davom etmoqda. Xususan, Farg'ona davlat universiteti jamoasi tomonidan har kuni erta tongda tashkil etilayotgan badantarbiya mashg‘ulotlari bu boradagi sa’y-harakatlarning yorqin namunasidir.

Soat 06:30 da start oladigan ushbu mashg‘ulotlar barcha kampuslarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni bir maqsad – sog‘lom va faol hayot sari birlashtirmoqda. Ertalabki yurish va badantarbiya mashqlari allaqachon universitet hayotining ajralmas an’anasiga aylangan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ertalabki jismoniy mashqlar inson organizmi uchun nihoyatda foydalidir. Avvalo, badantarbiya qon aylanishini yaxshilaydi, mushaklarni uyg‘otadi va kun davomida yuqori energiya bilan ishlashga yordam beradi. Ayniqsa, talabalar uchun bu diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash va o‘quv samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Shuningdek, ertalabki mashqlar:

  • immunitetni mustahkamlaydi
  • stress va charchoqni kamaytiradi
  • kayfiyatni ko‘taradi
  • ortiqcha vaznning oldini oladi

Eng muhimi, bu odat insonda intizom, iroda va o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi.

Universitetda tashkil etilayotgan bunday ommaviy sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki jamoada sog‘lom muhitni qaror toptirishga ham xizmat qiladi. Talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish ortib, ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga odatlanmoqda.

Bugungi kunda ertalabki badantarbiya nafaqat sport mashg‘uloti, balki sog‘lom turmush tarzining muhim qismiga aylanib bormoqda. Bu esa kelajakda har tomonlama barkamol,