Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MAHORAT DARSI: ZAMONAVIY PEDAGOGIKA SARI MUHIM QADAM

15:36, 30.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakultetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori Salimjon Yuldashev tomonidan harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida pedagogik texnologiyalarga bag‘ishlangan navbatdagi metodik mashg‘ulot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, dars samaradorligini oshirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Mashg‘ulot davomida professor Salimjon Yuldashev tomonidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda talaba faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • dars jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish;
  • talabalarni mustaqil fikrlashga undovchi metodlarni qo‘llash;
  • baholash tizimida shaffoflik va obyektivlikni ta’minlash;
  • nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish.

Metodik mashg‘ulot faqatgina ma’ruza shaklida emas, balki ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, dars jarayonida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Bu esa o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Bunday metodik mashg‘ulotlar ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.