Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU JAMOASI - “ZAKOVAT”DA MUTLAQ G‘OLIB!

09:39, 16.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti talabalari navbatdagi yirik muvaffaqiyatni qo‘lga kiritib, respublika miqyosidagi nufuzli intellektual bellashuvda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan “Zakovat Respublika olimpiadasi” intellektual o‘yinida universitetning “FinIQ” jamoasi 30 ta oliy ta’lim muassasasi orasida birinchi o‘rinni egallab, yuksak natija qayd etdi.

Mazkur olimpiada mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli talaba-yoshlarni bir maydonga jamlab, ularning bilim, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli fanlar, iqtisodiyot, tarix, madaniyat va zamonaviy bilimlarga oid murakkab savollarga javob berib, o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.

Shunday keskin va murosasiz bahslarda Farg‘ona davlat universiteti sharafini himoya qilgan “FinIQ” jamoasi barcha bosqichlarda yuqori natijalarni qayd etib, mutlaq g‘oliblikka erishdi. Jamoaning teran bilimga tayangan holda tezkor va aniq javoblari hakamlar hamda tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba nafaqat jamoa a’zolarining intellektual salohiyatini, balki universitetda yoshlarga yaratilayotgan ta’limiy muhit, ilmiy izlanish va tafakkur rivojiga qaratilgan keng imkoniyatlarni ham yaqqol namoyon etdi. “FinIQ” jamoasining muvaffaqiyati Farg‘ona davlat universitetining ilm-fan va intellektual musobaqalardagi nufuzini yanada mustahkamladi.

G‘oliblik munosabati bilan ustozlar va talabalar samimiy qutlanib, kelgusida ham respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlarda yanada yuksak marralarni zabt etishlariga tilaklar bildirildi. Ushbu yutuq universitet jamoasi uchun faxr, talaba-yoshlar uchun esa yangi ilhom va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.