Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“YOSHLAR — GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” RESPUBLIKA KO’RIK -TANLOVI

12:45, 19.05.2026      


Farg‘ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zararli illatlarga qarshi kurashish maqsadida “Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ularning ijtimoiy faolligi, ijodkorligi va fuqarolik pozitsiyasini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi.

Tanlov davomida ishtirokchi jamoalar giyohvandlikning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzining afzalliklari hamda bu illatga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni haqida o‘z chiqishlari bilan qatnashdilar. Talabalarning mazmunli taqdimotlari, sahna ko‘rinishlari va ijtimoiy tashabbuslari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Yakunda tanlovning Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, universitet bosqichi g‘olibi deb topildi. Tarix fakulteti jamoasi 2-o‘rinni, Fizika-matematika fakulteti esa 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar universitet ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir nafaqat tanlov, balki yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan qat’iy salbiy munosabatni shakllantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga da’vat etish hamda ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim ma’rifiy platforma bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan tashabbuslar yoshlarning bu illatga qarshi birlashganini yaqqol ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoa endilikda tanlovning keyingi — respublika bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichning mukofot jamg‘armasi ham nihoyatda salmoqli bo‘lib, 1-o‘rin uchun 200 million so‘m, 2-o‘rin uchun 150 million so‘m va 3-o‘rin uchun 100 million so‘m ajratilgan. Bu esa ishtirokchilarni yanada katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rishga undamoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi universitet bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoaga respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ularning yoshlar manfaatlari va sog‘lom kelajak yo‘lida munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirmoqda.