Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

EKOLOGIK ILMIY YONDASHUVLAR

13:26, 19.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti, xususan Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasida Yoshlar kuni munosabati bilan “Barqaror rivojlanish va tabiiy resurslarni boshqarishda ekologik ilmiy yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim ilmiy platformaga aylandi.

Anjuman mamlakatimizda ekologik muammolarni ilmiy asosda o‘rganish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga joriy etish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri sifatida katta e’tibor qozondi. Unda ilm-fan vakillari, amaliyotchi mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar bir maydonda jam bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi vakillari, shuningdek respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi. Bu esa anjumanning ilmiy salohiyati va qamrovini yanada kengaytirdi.

Anjumanda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishining dolzarb muammolari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzachilar tomonidan ekologik muammolarning sabablari, ularning hududiy va global oqibatlari, shuningdek zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida yechim topish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiatni asrash, yashil iqtisodiyotga o‘tish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. Ayniqsa, yosh tadqiqotchilar va talabalar tomonidan ilgari surilgan ilmiy ishlanmalar ham anjumanning muhim qismiga aylandi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Farg‘ona davlat universitetida ekologik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, yoshlarni tabiatga mas’uliyatli munosabat ruhida tarbiyalash hamda ekologik muammolarga innovatsion yechimlar izlash borasidagi izchil sa’y-harakatlarning yana bir yorqin namunasiga aylandi.