Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

START-UP G‘OYASINING HAYOT SIKLI

13:48, 19.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarning innovatsion salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. “Start-up g‘oyasining hayot sikli” mavzusida o‘tkazilgan ushbu o‘quv seminari yoshlarni tadbirkorlik va innovatsion faoliyatga keng jalb etishga xizmat qildi.

Seminar fakultet boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari S. Qo‘chqorov tomonidan olib borildi. Unda startap loyihalarni yaratish, ularni shakllantirish bosqichlari, amaliyotga tatbiq etish hamda rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirda, ayniqsa, bitiruvchi bosqichning iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, o‘z biznes va innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar. Seminar davomida startap loyihalarni tayyorlashning dastlabki bosqichlari, loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish, biznes-reja yaratish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mutaxassis tomonidan talabalarga startap tashabbuslarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda innovatsion fikrlash, bozor talablarini o‘rganish va amaliy yondashuvlarning muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davlat va xususiy sektor tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, grantlar hamda investitsiya jalb etish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi.

Seminar interaktiv ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassisdan bevosita tavsiyalar oldilar. Bu esa yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini oshirish, ularni mustaqil innovatsion loyihalar yaratishga undashda muhim omil bo‘ldi.

Mazkur tadbir Farg‘ona davlat universitetida yoshlarning ilmiy va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos tashabbuskor mutaxassislar etib tarbiyalash borasidagi izchil ishlarning yana bir amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.