Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“XALQ BILAN BIRGA” UMUMILLIY DASTURI

14:07, 19.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqotga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi, Farg‘ona davlat universiteti xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot fakulteti hamkorligida “Xalq bilan birga” umumilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv talabalar uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim jarayoni, yoshlar bandligi, kasbiy rivojlanish va kelajakdagi mehnat faoliyatiga oid dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Tadbirda soha mutaxassislari, mas’ul tashkilot vakillari va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, talabalar bilan samimiy muloqot olib bordilar. Ular yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita mutaxassislarga yo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar. Kasbiy faoliyatni rejalashtirish, amaliyot va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonidagi yangiliklarga oid savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bu esa uchrashuvning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Shuningdek, tadbir yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning takliflarini amaliyotga joriy etish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va mulohazalar kelgusida ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlar siyosatini takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv Farg‘ona davlat universitetida yoshlar bilan ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va kelajak avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil sa’y-harakatlarning yana bir yorqin namunasiga aylandi.