Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDU REKTORI TALABALAR LIGASI FINALCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

09:24, 25.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bosqichida ishtirok etadigan sportchi talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, talaba-sportchilarning mas’uliyati hamda musobaqalarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy tarbiya maktabi ekani haqida atroflicha fikr yuritildi. Ta’kidlanganidek, sport bu shunchaki bellashuv emas, balki iroda, intizom, sabr-toqat, jamoaviy hamjihatlik va Vatan sha’nini munosib himoya qilish timsolidir.

Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida talabalar musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, mashg‘ulotlar sifati, sport infratuzilmasi hamda final bahslarining mas’uliyati yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, sportchi yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda professional sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida ham so‘z yuritildi.

Bahodirjon Shermuhammadov sportchi talabalarning yutuqlari universitet nufuzi, yoshlar salohiyati va mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tiborning yorqin natijasi ekanini alohida ta’kidladi. U final bosqichida qatnashadigan barcha sportchilarga omad, matonat va yorqin g‘alabalar tilab, ular universitet sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi.

Ochiq muloqot sportchi talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularda g‘alabaga bo‘lgan ishonch va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.