Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​ FARDU TEATR JAMOASI “TALABALAR TEATR STUDIYALARI” FESTIVALIDA FAXRLI 2-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

09:32, 25.05.2026      


Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining final bosqichi Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

Festivalning murosasiz va ijodiy bahslarga boy final bosqichida universitetning “Ilhom” teatr jamoasi o‘zining sahna madaniyati, aktyorlik mahorati va badiiy chiqishlari bilan hakamlar hamda tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq universitetda talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasi bo‘ldi.

Festival doirasida universitetimizning Iqtisodiyot fakulteti talabasi Dilafruz Sotiboldiyeva ham o‘zining mahoratli va ta’sirchan ijrosi bilan alohida e’tirof etildi. U “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi g‘olibi deb topilib, II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Dilafruz Sotiboldiyevaning sahnadagi yorqin ijrosi, obrazni chuqur his etishi va aktyorlik mahorati festival hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Bu esa universitetimiz yoshlari orasida san’at va ijodga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.