
Termiz shahrida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etdilar.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra universitet talabasi Sarvinoz Yoqubjonova 48 kilogramm vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Shaxzod Abdurasulov 81 kilogramm vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medal sohibiga aylandi.
Sportchi talabalar musobaqa davomida o‘zlarining kuchli tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etib, universitet jamoasi sharafini munosib himoya qildilar. Ularning muvaffaqiyati yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Ushbu yutuq bilan sportchi talabalar, ularning murabbiylari hamda Farg‘ona davlat universiteti jamoasini samimiy muborakbod etamiz.
Yosh sportchilarimizning kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz va universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada ulkan zafarlarga erishishiga tilakdoshmiz!