Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“TALABALAR LIGASI” FINAL ISHTIROKCHILARI FARDUDA TANTANALI KUTIB OLINDI

09:56, 25.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi ishtirokchilarini kutib olish marosimi yuqori kayfiyat va samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli va shijoatli talaba-sportchilar, jamoalar hamda ularning murabbiylari universitet rahbariyati, tyutorlar va ko‘ngilli yoshlar tomonidan vodiyona mehmondo‘stlik, milliy qadriyatlar va yuksak ehtirom ruhida qarshi olindi.

Tantanali kutib olish jarayonida ishtirokchilarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, sport musobaqalari o‘tkaziladigan majmualar hamda tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy dasturlar haqida ma’lumotlar berildi. Mehmonlar uchun samimiy va do‘stona muhit yaratilgani sportchi yoshlarning kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Musobaqalarda qatnashayotgan talaba-yoshlarning maqsadi bir — g‘alaba sari intilish va o‘z jamoasi sharafini munosib himoya qilish. Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari vakillari sportning bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha bosh sovrin — Respublika kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadilar.

“Talabalar ligasi” nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlarni birlashtiruvchi, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi yirik sport platformasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Musobaqalar davomida talaba-sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etadilar.

Mazkur nufuzli sport tadbirining Farg‘ona davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilishi universitetda sport va yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.