Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“TALABA OQSHOMI” — YOSHLAR UCHUN UNUTILMAS MADANIY KECHA

10:19, 25.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida ishtirokchi talaba-yoshlar uchun “Talaba oqshomi” madaniy dam olish dasturi tashkil etildi.

Mazkur tadbir sport musobaqalarida qatnashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda unutilmas taassurotlar ulashish maqsadida o‘tkazildi.

Oqshom davomida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-sportchilar samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda bir davrada jam bo‘ldilar. Tadbir kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar, qiziqarli chiqishlar hamda yoshlar ijrosidagi badiiy dasturlar bilan yanada fayzli tus oldi.

Musiqiy chiqishlar va sho‘x kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashib, sport musobaqalaridagi hayajonli lahzalarni yanada yorqin taassurotlar bilan boyitdi. Talabalar birgalikda raqsga tushib, o‘zaro muloqot va do‘stona suhbatlar orqali yangi tanishuvlar va samimiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydilar.

Tadbir davomida yoshlarda birlik, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanib, “Talabalar ligasi”ning nafaqat sport, balki madaniy-ma’naviy jihatdan ham muhim platforma ekanligi namoyon bo‘ldi.

Bunday madaniy tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy hordiq chiqarishi, ularning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.