Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

SO‘X TUMANINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA

09:27, 26.05.2026      


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan So‘x tumanini комплекс ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona davlat universiteti tomonidan qator amaliy tashabbus va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlar hududda ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlarning bilim va kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda So‘xning turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Jumladan, avval xabar qilinganidek, So‘x pedagogika texnikumiga o‘quv-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Texnikumdagi o‘quv xonalari va infratuzilma obyektlarini yangilash, zarur jihozlar bilan ta’minlash orqali talaba-yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, metodik yordam ko‘rsatish hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, universitet tomonidan So‘x tumanining boy tabiiy va madaniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu tashabbuslar doirasida yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, hududning tarixiy va ekologik imkoniyatlarini targ‘ib qilish, mahalliy aholi bandligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar So‘x tumanining iqtisodiy faolligini oshirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va hududning investitsion jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Farg‘ona davlat universitetining mazkur amaliy ishlari Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.