Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDU DELEGATSIYASI XITOYDAGI NUFUZLI XALQARO FORUM VA TA’LIM KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA

10:05, 26.05.2026      

Xitoy Xalq Respublikasining Si’an shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi” hamda “O‘zbekiston–Xitoy ilmiy-texnik innovatsiyalar va yashil rivojlanish forumi”da Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli forum ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Forum doirasida FarDUning hamkor oliygohi — Shimoli-g‘arbiy universitet professori Ma Jian so‘zga chiqib, ikki universitet o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilgan ilmiy loyihalar, akademik almashinuv dasturlari hamda erishilgan natija va yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z nutqida kelgusida ham ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, forum doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan 43 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi ham faol qatnashmoqda.

Ko‘rgazma davomida FarDUning ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, xalqaro hamkorlik dasturlari va ilmiy salohiyati xorijlik mehmonlar hamda yoshlar e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa, Xitoydan tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari universitetning kimyo, fizika, geografiya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda agrar yo‘nalishlariga katta qiziqish bildirmoqda.

FarDU vakillari tomonidan mehmonlarga universitetda yaratilgan sharoitlar, xalqaro talabalar uchun imkoniyatlar, innovatsion ta’lim muhiti va istiqbolli mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur forum va ta’lim ko‘rgazmasidagi ishtirok Farg‘ona davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash hamda universitetning global ta’lim makonidagi o‘rnini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.