Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

10:19, 26.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligi xalqimiz uchun beqiyos ne’mat ekani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tinchlik va barqarorlikning qadr-qimmati haqida atroflicha fikr yuritildi.

“Mustaqillik darslari” doirasida so‘zga chiqqanlar bugungi taraqqiyot va farovon hayot zamirida xalqimizning fidokorona mehnati, mustahkam birdamligi va yosh avlodning bilim hamda salohiyati mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va kelajakka ishonch bilan qarash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan she’rlar, badiiy chiqishlar va vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida har bir yoshning mas’uliyati katta ekanini, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini e’tirof etdilar.

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida mustaqillikning bebaho ne’mat ekanini yanada chuqur his etish, yurtga muhabbat va milliy iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.