
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi sport bazasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining yengil atletika turi bo‘yicha respublika bahslari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan iqtidorli sportchi talabalar o‘zaro kuch sinashdilar.

Mazkur nufuzli bellashuvlarda Farg‘ona davlat universiteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, yengil atletika yo‘nalishida bir qator yuqori natijalarni qayd etdilar. Universitet sportchilari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlari bilan ajralib turdilar.
Musobaqa natijalari:
Erkaklar o‘rtasida:
Ma’murov Ruxshod — 1500 metr yugurish yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’murov Ruxshod — 3000 metr masofaga yugurishda ham tengsiz ishtirok etib, yana bir oltin medal sohibiga aylandi.
Axmedov Xayot — 800 metr yugurish bahslarida yuqori natija qayd etib, 1-o‘rinni egalladi.
Axmedov Xayot — 1500 metr yugurish yo‘nalishida faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasida:
Komilova Sabrinabonu — 1500 metr yugurish bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Komilova Sabrinabonu — 3000 metr yugurish yo‘nalishida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Talabalar ligasi doirasidagi ushbu musobaqalar yosh sportchilarning salohiyatini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.