Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:


Dushanbadan - shanbaga qadar 14:00 - 16:00

Dushanbadan - shanbaga qadar 14:00 - 16:00 gacha.
Fakultet manzili: 5120300, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy, 7-bino.
Telefon: (+99873)224-44-04
E-mail: tarix@ fdu.uz
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Tarix fakulteti 1932-yilning yanvarida tashkil topgan bo‘lib, shu yili 22 nafar talaba bilim olgan. 1932-yildan 1938-yilgacha fakultetni Fotima Yuldashboyeva boshqargan. 1937-yilda institutda tarix fakulteti tashkil etilgan. 1937/1938-o‘quv yilida fakultetda 41 nafar talaba tahsil olgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet geografiya fakulteti bilan birlashtirildi. 1946-yildan fakultet alohida bo‘lib ajratildi va 1952-yilgacha mustaqil faoliyat ko‘rsatdi. 1952-yilda yana fakultet qayta tashkil etilib, 1953 – 1965 yillarda “Tarix – filologiya fakulteti” deb ataldi. 1959/1960-o‘quv yilida ushbu fakultetda 98 nafar talaba tahsil oldi.
1965/1966-o‘quv yilidan boshlab tarix fakulteti alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu yil fakultetda ikkita yo‘nalishda o‘qituvchi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Tarix-geografiya ta’lim yo‘nalishi va Tarix ta’lim yo‘nalishi. Tarix – geografiya ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 5 yil, tarix ta’lim yo‘nalishida 4 yil etib belgilandi.
Tarix ta’lim yo‘nalishida talabalar qabul qilish faqat ikkinchi o‘quv yilida: 1965/1966 va 1966/1967-o‘quv yilida amalga oshirilgan. Keyingi o‘quv yilidan boshlab bu yo‘nalishga talabalikka qabul qilish to‘xtatildi. Keyinchalik ushbu yo‘nalishga har ikki o‘quv yilida bir marta 30-35 nafar talaba qabul qilingan. Talabalar soni ham yildan-yilga ortib brogan. Xususan, 1971/1972-o‘quv yiliga kelib, 220 nafarni tashkil etgan. Keyingi yillarda ta’lim muassasasining ehtiyojini inobatga olgan holda fakultetga qabul qilingan talabalar soni muttasil oshib bordi.
Tarix fakultetida 1989-yilga kelib talabalar soni 913 nafarni tashkil etdi, ulardan 320 nafar talaba kunduzgi bo‘limda, 593 nafar talaba esa sirtqi bo‘limda tahsil olmoqda edi. 1970/1971-o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya ta’lim yo‘nalishiga ham talaba qabul qilish to‘xtatildi. 1973-yil fakultet qaytadan ochildi va “tarix-pedagogika” nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Fakultetga har yili 50 nafardan talabalar qabul qilinib, ushbu yo‘nalish bitiruvchilariga “Tarix-jamiyatshunoslik o‘qituvchisi va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha metodist” mutaxassisligi berilgan. 1980-yildan boshlab bitiruvchilarga beriladigan mutaxassislik nomi o‘zgarib “Tarix, jamiyatshunoslik va sovet huquqi asoslari o‘qituvchisi” ixtisosligi beriladigan bo‘ldi. Institutga universitet maqomi berilgandan so‘ng 1991-yildan boshlab fakultet nomi Tarix fakulteti deb yuritiladigan bo‘ldi. Shu yildan boshlab fakultetga Tarix ta’lim yo‘nalishi bilan birgalikda yangi yo‘nalish “Tarix. Sharqshunoslik. Afrikashunoslik” ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilina boshlandi. Biroq ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitish uchun malakali professor-o‘qituvchilarning yetishmasligi tufayli ikki yildan keyin mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ortib borishi ushbu ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabulini tugatilishiga sabab bo‘ldi. 1998-yildan boshlab Tarix fakultetiga “Sotsiologiya va psixologiya” fakulteti qo‘shilishi oqibatida fakultet nomi “Tarix, sotsiologiya va psixologiya” fakulteti deb nomlandi. Keyingi yillarda ham fakultetning nomi bir necha marta o‘zgardi. Jumladan, 2000-yilda fakultet ijtimoiy-gumanitar mutaxassisliklar fakulteti, 2005-yildan boshlab gumanitar fakultet deb nomlandi. 2011-yildan hozirgi kunga qadar Tarix fakulteti deb atalmoqda. Fakultet faoliyati davomida uning tarkibida “Musiqa va ashula” (1970-yildan) “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” (1979-yildan) kabi ta’lim yo‘nalishlari ham tashkil etilgan. Hamda alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqqan. Turli davrlarda fakultetda SSSR va O‘zbekiston tarixi, Umumiy tarix, Tarix, jamiyatshunoslik va sovet huquqi asoslarini o‘qitish metodikasi, Musiqa fanlari nazariyasi va metodikasi, Xalq cholg‘u-asboblari, Fuqarolik jamiyati kafedralari faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, turli davrlarda fakultetni t.f.n. F.Yuldashboyeva, katta o‘qituvchi B.Farmonov, t.f.n., dotsent O.Fayozova, g.f.n., dotsent Y.Sultonov, f.f.n., dotsent M.Usmonov, t.f.n., dotsent A.Umaraliyev, t.f.n. T.Zoxidov, f.f.n. X.Po‘latov, t.f.d. T.Mirsoatov, t.f.n., dotsent X.Raxmatillayev, t.f.n., dotsent Q.Sulaymonov, t.f.n., dotsent R.Arslonzoda, t.f.n., dotsent A.Sharafitdinov, t.f.d., professor B.Usmonov, t.f.n., dotsent A.Salmonov, f.f.n., dotsent Z.Sobirova, t.f.f.d., dotsent X.Jurayev, t.f.f.d., dotsent O.Mahmudovlar boshqarganlar. Bugungi kunda fakultet dekani lavozimida t.f.f.d., dotsent N.Alimova faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakultetda jami 6 ta kafedra: O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Falsafa va milliy g‘oya, Ijtimoiy ish, Sotsiologiya hamda Huquq ta’limi kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda 2345 nafar bakalavriat talabalari, 43 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Fakultetda 6 ta kafedrada jami 90 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy ish o‘rnida faoliyat yuritmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 62 % ni tashkil etadi. Shundan, 12 nafari fan doktori, professorlar, 43 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 11 nafari katta o‘qituvchi va 24 nafari o‘qituvchilardir.