25 - oktabr kuni Amerika Elchixonasi bilan hamkorlikdagi “Kichik grant loyihalari” doirasida, hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani Nargiza Isakovna Toirovaning tashabbusi bilan “Property grant: S-UZ800-23-PG-0001” raqamli grant dasturi asosida Ingliz tili va adabiyoti fakultetiga qiymati qariyb 1000$ ni tashkil qiluvchi 100dan ortiq Amerika adabiyoti namoyondalarining kasarlari topshirildi. Jumladan, Jorj Oruelning “1984” va “Animal Farm” asarlari, dunyoga mashxur JK Roulingning Garri Potter haqidagi asarlari, shuningdek, Mark Tveyn, Luis Lovri, Jeymi Samner, Linne Kelli, Meri Pope Osborne, Jef Kinney, Beverli Cleri va boshqa mashxur adiblarning badiiy asarlari shular jumlasidandir. Ushbu kitoblar Amaliy Ingliz tili kafedrasi mudiri Sevara Usmanova va Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri Nargiza Xoshimovalarga fakultet dekani Nargiza Toirova tomonidan topshirildi. Ushbu badiiy adabiyotlar orqali fakultet talabalariga Amerika adabiyoti namoyondalarining durdonalari asarlaridan bahramand bo'lish va ularning vaqtlarini mazmunli o'tkazishning yana bir imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ushbu loyiha fakultetning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim omillardan biri sifatida xizmat qiladi.