Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn test sinovlari GRAFIGI

11:26, 03.09.2020      

2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn test sinovlari GRAFIGI


Xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish yuzasidan ariza topshirgan fuqarolar diqqatiga:

O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 3-son majlis bayoni qaroriga muvofiq:

xorijiy oliy ta`lim muassasalari va respublikadagi nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan o`qishini respublika oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar respublika oliy ta`lim muassasalarida ta`lim oladigan o`qitish tili, muayyan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish fanlari bo`yicha maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab grafik asosida adolatli va shaffof o`tkazilishi tashkil etiladi. Bunda:

maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020/2021 o`quv yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari fanlar majmuasi (kirish imtihoni dasturlari) hamda baholash mezonlariga muvofiq o`tkaziladi;

alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga talabalar o`qishini ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash uchun ariza topshirgan fuqarolar tegishli oliy ta`lim muassasasiga murojaat qiladi;

xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan talabalar o`qishini respublika oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash uchun maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) adolatli va shaffof o`tkazilishi hamda ularning natijalari bo`yicha o`tish balini belgilash yuzasidan shaxsiy mas`uliyat tizimida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi.

Davlat komissiyasi bayoni qarori bilan:

xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o`qishini ko`chirish istagini bildirgan fuqarolarning pasportlarida muayyan xorijiy oliy ta`lim muassasasi joylashgan davlatga o`qish davriga mos muddatda kirish-chiqish belgilari bo`lmagan taqdirda ularning o`qishini ko`chirishga ruxsat berilmasligi belgilab qo`yildi.

Avval xabar qilinganidek, Respublika Oliy ta`lim muassasalaridagi o`quv jarayoni tasdiqlangan o`quv rejalari asosida Farg`ona davlat universitedidaham masofaviy shaklda onlayn tarzda yo`lga qo`yiladi.