Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

2020/2021 o`quv yiliga xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish uchun ro`yxatdan o`tgan ammo ayrim sabablarga ko`ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA !

09:49, 12.10.2020      

2020/2021 o`quv yiliga xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o`qishni ko`chirish bo`yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o`tkaziladi.

- Onlayn test sinovlari o`tkaziladigan MANZIL VA ANIQ VAQTI onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “Ruxsatnoma”da qayd etiladi.

- Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “Ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o`zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

-Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o`z vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “RUXSATNOMA” bilan kelishlari talab etiladi.

Manba: https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EOgo4JF8DB1sQ