Talabalar turar joyini “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida” gi qonun talablariga asosan ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash maqsadida e’lon.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha 7-sonli bayoni 87-bandida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzuridagi Farg‘ona ko‘p tarmoqli texnikumining talabalar turar joyini belgilangan tartibda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida” gi qonun talablariga asosan ta’mirlash va jihozlashga hamda boshqaruvga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Yuqoridagi bandda keltirilgan topshiriqni bajarish maqsadida universitet tomonidan Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasida joylashgan Farg‘ona ko‘p tarmoqli texnikumining talabalar turar joyini belgilangan tartibda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida” gi qonun talablariga asosan ta’mirlash va jihozlash yuzasidan tadbirkorlik subyektlaridan eng yaxshi takliflarni qabul qilish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
Takliflarni tanlash o‘tkaziladigan manzil. Farg‘ona shahri Murabbiylar ko‘chasi 19-uy
2. Ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun belgilangan shaxslar:
- Holiqov Ilhomjon – Bosh auditor, tel: 73-244-44-61;
3. Takliflarni berish muddatlari tugaydigan sana va vaqti: E’longa berilgan sanadan boshlab 10 kun.
4. Tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar:
- Tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangantartib asosida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzilda muhrlangan konvertlarda (konvertning yelimlangan joyiga ishtirokchining muxri bosiladi) taqdim etiladi.
- Tanlov ishtirokchilarining takliflari ip bilan tikilgan, raqamlangan, muhr qo‘yilgan va ishtirokchining vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan yoki takliflarning xar bir varag‘i imzolangan holda taqdim etish tavsiya etiladi.
- Tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi;
- Tanlov ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli;
- Tanlovga takliflarni qabul qilish chop etilgan e’londagi ko‘rsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.