Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

E ` L O N

14:51, 14.06.2021      

FAOL VA IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI UCHUN TANLOV

Hurmatli talabalar va magistranlar!

2021-2022 o‘quv yili uchun uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat (Navoiy va Islom Karimov) va universitetning nomdor stipendiyalariga talabgorlar uchun tanlovga quyidagi xujjatlarni 2021 yil 1 iyulga qadar iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashqil etish bo‘limiga taqdim qilishi so‘raladi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat (Islom Karimov hamda Navoiy) va universitetning nomdor stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilangan:

  • A’lo baxolarga o‘qigan;
  • Ilmiy ishlarini mavjudligi (maqola, tezis, darslik, monografiya);
  • MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari biror chet tilini bilishi.

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashqil etish bo‘limiga quyidagi xujjatlarni taqdim qilishi lozim:

Ma’lumotnoma (obyektivka) ;

Pasport nusxasi;

Reyting daftarchasi nusxasi tasdiqlangan variant;

Tavsiyanoma (fakultet va kafedra);

Ilmiy rahbar xulosa;

Imiy ishlar ro‘yxati;

Maqolalar, tezislar nusxasi va anotatsiyasi bilan;

Erishgan yutuqlar guvohnomalari;

IELTS yoki CEFR guvohnomalari nusxasi (mavjud bo‘lsa);

Shahsiy varaqa;

Tarjimai hol;

8 ta 3,5x4,5 va 2 ta 10x15 rasm.

Barcha hujjatlar fayl papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat (Islom Karimov va Navoiy) va universitetning nomdor stipendisi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi hamda guruhi ko‘rsatiladi.