2021 yil 26 iyun kuni soat 0900 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03/30.12.2019.Fil. 05.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha) ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. G.S.Jo‘raboyevaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona vodiysi toponimlarining qiyosiy-tarixiy va antropotsentrik tadqiqi” mavzuidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy seminar majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 19-uy, Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti, 1-qavat 107-xona