Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

E ` L O N

20:01, 11.08.2021      

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA MUTAXASSISLIK FANIDAN O‘TKAZILADIGAN TEST SINOVLARI JADVALI E`LON QILINDI

2021/2022 o‘quv yili uchun Farg‘ona davlat universitetining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 2021 yil 13-19 avgust kunlari test jarayonlarida ishtirok etadilar.

Test sinovlari 4 smenada tashkil etilib, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Kelish vaqti 06:00 dan Test sinovini boshlanish vaqti 07:00 da

Kelish vaqti 09:00 dan Test sinovini boshlanish vaqti 10:00 da

Kelish vaqti 13:00 dan Test sinovini boshlanish vaqti 14:00 da

Kelish vaqti 16:00 dan Test sinovini boshlanish vaqti 17:00 da

Test davomiyligi - 1 soat 40 daqiqa.

Test jarayonlari Farg‘ona davlat universitetining ARM kompyuter zalida o‘tkaziladi.

Barcha talabgorlardan karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda imtihon o‘tkazish vaqtidan 1 soat avval kelishlari so‘raladi.

Abituriyentlar magistr.edu.uz platformasi orqali yuklab olingan Abituriyent qayd varaqasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Farg‘ona davlat universiteti Axborot resurs markazi binosi oldiga kelishlari shart.

Belgilangan muddatda test sinovlariga kelmagan (COVID-19ga chalinganlardan tashqari) talabgorlar uchun qayta test sinovlari o`tkazilmaydi.

Farg‘ona davlat universiteti qabul komissiyasi