Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

E ` L O N

18:15, 05.09.2021      

TALABALAR DIQQATIGA!

Hurmatli yotoqhonaga ehtiyoji bor talabalar va

ularning ota-onalari!

Farg‘ona davlat universiteti tomonidan ayni paytda talabalar yotoqxonalarga joylashtirilmoqda. Bunda asosan, chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, guruh nogironlari bo‘lgan yigit va qizlar, otasi yoki onasi vafot etgan qizlar, boshqa viloyatdan o‘qishga kirgan 1-, 2-, 3-, 4-kurs qizlariga joy ajratilmoqda. Shu bilan birga, viloyatimizning eng uzoq hududlaridan o‘qishga kirgan qizlar ham joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish tartib-tamoyillari va boshqa masalalar bo‘yicha universitet rahbariyatiga, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarga, ishchi guruhlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Shuningdek, "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

Telefon: 73 244 44 02,

yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar:

+998 94 398 47 44 +998 33 222 53 99,

Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati