Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Hurmatli ustozlarlar va talabalar diqqatiga!

21:05, 04.10.2021      

1-oktabrdan 10-noyabrga qadar Farg’ona davlat universiteti hamda Yoshlar innovatsiya markazi hamkorligida "TechnoWays Fergana" texnologik rivojlanish marafoni doirasida innovatsion loyihalar va ishlanmalar tanlovini e'lon qiladi.

Mazkur tanlovda Fargona davlat universitetidagi barcha o‘qituvchi va talabalar 2021 yil 10-oktabrga qadar ushbu https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfRfd78RS... sahifa orqali o’z g’oyasini tanlovga taklif etishlari mumkin.

➡️ Marafonda o‘zining innovatorlik ishlanmalari bilan ishtirok etayotgan ishtirokchilar 2 ta: “Eng yaxshi dasturiy ta’minot” va “Eng yaxshi texnologik yechim” yo‘nalishlari bo‘yicha o’z g’oyalarini taklif etishlari mumkin. Ushbu yo’nalishlar bo’yicha 1-3 o‘rinlarni egallagan g’oliblar Farg’ona davlat universiteti byudjetdan tashqari mablag’larining hisobidan quyida ko‘rsatilgan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin:

1- o‘rin (2 ta yo‘nalishda) - har bir yo‘nalish uchun 10 000 000 (o’n million) so‘mdan;

2- o‘rin (2 ta yo‘nalishda) - har bir yo‘nalish uchun 7 000 000 (yetti million) so‘mdan;

3- o‘rin (2 ta yo‘nalishda) - har bir yo‘nalish uchun 5 000 000 (besh million) so‘mdan.

Bundan tashqari birinchi bosqichda tanlab olingan 20 ta loyiha a’zolari soha mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarda ishtirok etadilar.

❓Savol va murojaatlar bo’lsa farg’ona davlat universiteti ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limiga yoki

☎️+998911302045 telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishlari mumkin.