Britaniya Kengashi O'zbekistondagi universitetlar uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni (yetakchilik, boshqaruv, menejment) egallashni hamda tashkiliy, moliyaviy va akademik barqarorlikga intilishni qo'llab -quvvatlash maqsadida Change Academy dasturini elon qilgan edi.
Britaniya Kengashining Change Academy dasturi uchun Farg`ona davlat universiteti (Ingliz tili kafedrasi) saralab olinganini ma'lum qilamiz. ????????????
Change Academy dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- intensiv seminar va loyihalar
- masofadan turib qo'llab -quvvatlanadigan va respublika darajasida natijalarni namoyish etadigan veb-seminarlar va boshqa tadbirlar
- professional tarmoqlar
- virtual ta'lim muhiti
Dasturda qatnashish jarayoni va undagi yangiliklar bilan kelgusi postlarda ulashamiz.